Joriy yilning 12 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Tashqi siyosati kengashi vitse-prezidenti Ilan Berman va Ikki partiyaviylik siyosat markazining milliy xavfsizlik dasturi direktori B.Mistal O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. Mehmonlar Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov hamda Islom sivilizatsiya markazi direktori Sh.Minovarov tomonidan qabul qilindi.

 

O‘zaro tanishuvdan so‘ng O.Yusupov mehmonlarga O‘zbekistonda diniy vaziyat, jumladan tashkil topgan diniy ilmiy maktablar hamda bu sohada olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi. Suhbat chog‘ida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyati hamda, o‘z o‘rnida, Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi oldida turgan vazifalar haqida ham ma’lumot berildi.

Mehmonlar samimiy qabul uchun tashakkur bildirib, O‘zbekistondagi bunday  nufuzli tashkilot rahbarlari bilan yaqindan tanishish hamda ushbu uchrashuvni tashkil etishda yordam bergan O‘zbekiston hukumatiga minnatdorchilik izhor qildilar.

Mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga uchrashuv ishtirokchilaridan batafsil va voqelik asosida to‘laqonli javoblar oldilar.

Uchrashuv nihoyasida mehmonlarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiya markazi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.    

Uchrashuv amaliy va o‘zaro hamfikrlik holatida o‘tdi.

 

Axborot xizmati