KONSTITUTSIYamiz – E'TIQOD ERKINLIGImizning BOSH ximoyachisi
Konstitutsiyamizning 23 yilligiga bag'ishlanadi
Toki, Konstitutsiya biz uchun nafaqat muhim hayotiy qo'llanma, balki g'urur-iftixor, kerak bo'lsa, shu 
zaminda istiqomat qilayotgan, millati, tili, dinidan qat'iy nazar, barcha insonlar uchun mustahkam bir 
himoya ekanligini his etib yashasin. 
I.KARIMOV
Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi barcha millatlar uchun muhim voqelik xisoblangan yurtimiz bosh 
qomusi qabul qilinganiga 23 yil to'lishi arafasida turibmiz. Bosh qomus tom ma'noda xalqimiz uchun 
erkinlikning qonuniy ifodasi va uning amaldagi kafolati bo'lib shakillandi. Unda inson omili, 
uning huquqi, sha'ni va qadr-qimati oliy qadriyat deb, belgilab qo'yildi. Bu esa barcha sohalarda olib 
borilayotgan islohotlarning tamal toshiga aylanib ulgurdi. Chunki, qaysi joydaki inson xuquqlari 
ximoya qilinsa, vijdon erkinligi to'la ta'minlansa shu yurt yuksaladi va yangidan-yangi isloxotlar sari 
dadil odimlab boraveradi.
Ma'lumki asosiy Qonunimiz fuqarolarning jinsi, irqi e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy 
nazar qonun oldida tengligini ta'minlovchi asosiy hujjatdir. Unda kishilarni har qanday tazyiq va 
kamsitishlardan himoya etuvchi huquqlar ta'minlab qo'yilgan. Binobarin, Konstitutsiyamizdagi mezonlar 
asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan, dunyoning hech yerida takrorlanmas ajoyib, 
o'ziga xos milliy munosabatlarimiz va milliy u bilan uyg'un ravishdagi go'zal diniy qadriyatlarimiz 
bilan bevosita bog'liq, hamda ularning hayotiy in'ikosidir. Xar bir yurtning o'ziga yarasha milliy 
qadriyatlari, ma'naviyati, urf-odatlari mavjud bo'ladi. Qachonki mana shu davlatdagi Konstitutsiya shu 
yurtdagi milliy qadriyat va ma'naviyatidan kelib chiqgan xoldagina tuzilgan bo'lsagina fuqarolarni to'la 
ximoya qila oladi, qonun va fuqaro o'rtasida uzviy aloqa barpo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Ta'kidlash joizki, ayni diniy e'tiqod, vijdon erkinligini kafolatlashda Konstitutsiyaning o'rni va 
ahamiyati beqiyosdir. Biz sobiq sho'rolar tuzumidar farqli o'laroq, erkin bozor munosabatlariga 
asoslangan, huquqiy demokartik davlat barpo etish yo'lilan borar ekanmiz, fuqarolarning barcha 
erkinliklari qatori vijdon erkinligining ham huquqiy kafolatlari va uning hayotda teran 
ta'minlanishini ham e'tiborga olishimiz zaruriydir. Zero, diniy e'tiqod bu fuqarolarning nozik 
tuyg'ulari bo'lib, uning o'ziga xos hassos jihatlari mavjud.
Yurtimizda turli diniy konfessiyalarning o'z faoliyatlarini amalga oshirishlari va jamiyat hayotida 
faol ishtirok etishlari uchun lozim bo'lgan barcha shart-sharoitlar qonuniy asosda kafolatlab qo'yilgan. 
Birgina O'zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan televidenie va ridio orqali diniy-ma'rifiy 
ko'rsatuvlar va eshittirishlar tashkil etilayotganing o'zi fuqarolarning e'tiqodiy ehtiyojlarini 
qondirishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, idora qoshida bitta oliy va o'nta o'rta
-maxsus diniy ta'lim muassasalarining tashkil etilgani bu boradagi amaliy ishlar ko'lamini yanada 
rivoj toptirdi. Bularning hammasi konstitutsion huquqlarning jamiyatdagi in'ikosidir.
Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki, mamlakatimiz aholisining mutlaq ko'pchiligi islom diniga e'tiqod 
qilgani bilan, vijdon erkinligi borasida boshqa dinlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham qonun 
asosida bir xilda belgilangan va voqelikda shunday ijro qilib kelinmoqda. Bunga ko'ra, O'zbekiston 
Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, 1903 yilda qurilgan “Svyataya Blogoroditsa” 
ibodatxonasining Arman apostol cherkoviga topshirgani, o'z vaqtida faoliyati to'xtatib qo'yilgan 
Yevangel-lyuteran cherkovi Kirxasining respublikamizda istiqomat qiluvchi nemislarning diniy 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida “Vidergeburt” nemis madaniyat markaziga foydalanish uchun 
berilgani so'zimiz isboti bo'la oladi.
Ammo ming afsuski, din sohasida yaratilgan imkoniyatlar hamda xalqimizning o'zbekona bag'rikengligini 
suiste'mol qilgan ayrim diniy tashkilot va oqimlar faqat diniy g'oya va aqidalarni emas, balki siyosiy 
va hatto ekstremistik maqsadlarni ko'zlab ish olib borganlari tashvishli holatdir. Mana shunday ayanchli 
xolatlarga tushib qolmaslik uchun xam, barchalarimiz xaq-huquqlarimizni mukammal bilib olishimiz 
zarurdir. Biror dinga qiziqib, shu din to'g'risida mukammal bilim olmoqchi bo'lsak, faqatgina davlat 
tomonidan tashkil qilingan va ruxsat berilgan muassasalarga murojaat etishimiz kerak. Davlatimiz 
tomonidan xoxlagan dinni o'rganishni istovchilar uchun imkoniyatlar eshigi ochilgan bo'lib maxsus 
tashkilotlar tuzilgandir. Bu tashkilotlarda esa faqatgina davlat tomonidan nazoratdan o'tgan, sof 
aqidali, malakali murabbiylar biz istagan narsalarni to'liq xolda tushuntirib berishlari mumkin. 
Ko'chada uchragan xar qanday odamning gapiga kirib, uning aytayotganlarini to'g'ri deb bilish esa 
faqatgina adashishlarga olib keladi xalos. Barchalarimiz shunday xolatlardan ogox bo'lmog'imiz va 
Konstitutsiyamizda belgilab qo'yilgan xuquqlarimizdan foydalana olishimiz lozim.
 Mustaqillikning ilk yillarida diniy nashrlarga tashna xalqimizga manfaatparast kimsalar 
tarafidan o'zga yurtlardan g'arazli maqsadlarda kirib kelgan diniy aqidaparastlikni targ'ib etuvchi, 
odamlarda qo'rquv va vahima uyg'otuvchi, bir din vakilini boshqa dinga o'tishga da'vat etuvchi ko'plab 
diniy adabiyotlar taqdim etildi. Buning natijasida bir necha ekstremistik guruhlar tomonidan o'ta 
og'ir jinoyatlar sodir etildi. Bu esa, mamlakat tinchligiga rahna solishga qaratilgan harakatlarning 
bir ko'rinishi edi.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi esa, 
bu boradagi muammolarni hal etishda muhim o'rin egalladi. Uni ishlab chiqishda mamlakatimizning o'ziga 
xos sharoiti, unda yashovchi ko'p millatli xalqimizning huquq va manfaatlari hamda mentaliteti hisobga 
olindi. Qonunning asosiy maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e'tiqod huquqini, 
dinga munosabatidan qat'i nazar, fuqarolarning tengligini ta'minlash, shuningdek, diniy 
tashkilotlarning faoliyati bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat.
Mazkur Qonunning 3-moddasida «Dinga e'tiqod qilish yoki o'zga e'tiqodlar erkinligi milliy 
xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va 
erkinliklarini ta'minlash uchun zarur bo'lgan darajadagina cheklanishi mumkin»ligi belgilangan. Bu 
norma Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Paktning 18-moddasi 3-bandiga to'liq mos 
tushadi. Unda belgilanishicha, “Din yoki e'tiqodga ega bo'lish yoki qabul qilish huquqi qonun bilan 
belgilangan va jamoat xavfsizligi, tartibi, salomatligi va axloqini, shuningdek, boshqa shaxslarning 
asosiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilish maqsadlaridagina cheklanishi mumkin”. Shuningdek, 
bunday qoida BMT Bosh Assambleyasining “Diniy toqatsizlikning barcha shakllarini bartaraf etish 
to'g'risida”gi Rezolyutsiyasida ham mustahkamlangan bo'lib, unda tinchlik va jamoat xavfsizligini 
ta'minlash maqsadlarida din yoki e'tiqod erkinligi sohasida ma'lum cheklovlarga yo'l qo'yilishi 
belgilab o'tilgan.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi qonunning 5-moddasida mustahkamlangan bir 
konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), 
shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etilishi haqidagi qoida yurtimiz 
xavfsizligi, turli din vakillarining tinch-totuv yashashi kabi maqsadlarni o'zida mujassam etgan. 
Chunki inson o'z dini, e'tiqodini o'zgartirishi ko'p hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi. Ayniqsa, 
bunday harakatlar oqibatida bir necha oilalarning parchalanishi, ota-bola, aka-ukaning yuz ko'rmas bo'lib 
ketayotganini hech qanday yo'l bilan oqlab bo'lmaydi.
Biz yuqorida Bosh qomusimizning milliy va diniy qadriyatlarimizga mos va xalqaro talablarga javob 
bera oluvchi hujjat sifatida ta'kidlab o'tdik. Zero, vijdon erkinligini kafolatlovchi Asosiy 
qonunimizning 18-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va 
erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi 
va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar; shuningdek, Konstitutsiyaning 31-
moddasiga ko'ra, hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Unda bir inson xohlagan diniga e'tiqod 
qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga 
yo'l qo'yilmaydi, deb belgilab qo'yilgani Qur'oni karim “Baqara” surasi 256-oyati mazmuni bilan 
hamohangdir. Unda: 
“Dinda majburlash yo'qdir...”, deyilgan.
Vijdon erkinligi — har bir fuqaroning dinga e'tiqod qilish yoki qilmaslik, diniy rasm-rusum va 
marosimlarda ishtirok etish yoxud etmaslik kabi dinga nisbatan o'z munosabatini mustaqil namoyon 
etadigan shaxsiy huquqidir. Har bir fuqaro o'z ixtiyori bilan diniy ta'lim olish huquqiga ega hamda 
buning uchun u yoki bu tarzda majbur etishga yo'l qo'yilmaydi.
Turli millatli va turfa xil din vakillari istiqomat qiladigan yurtda eng asosiy ichki nizolar din 
vakillari bir-birlarining e'tiqodi , fikrini xisobga olmaslik va kamsitishi oqibatida kelib 
chiqadi. Mana shunday ixtilofli vaziyatda Konstitutsiyada belgilab qo'yilgan vijdon erkinligi to'g'ri 
ishlab chiqilgan bo'lishligi juda muximdir. Ayniqsa, xozirgidek ixtiloflarga to'la dolzarb vaqtda, 
butun dunyoning tinchligi va osoyishtaligiga raxna solayotgan  ISHID terroristik tashkilot va shunga 
o'xshash turli iqtisodiy-siyosiy  fitnalar avj olgan zamonda barchalarimiz Konstitutsiyamizdagi xaq-
xuquqlarimizni to'liq o'rganib, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi doimo bizni ximoya 
qilishini xis qilib yashamog'imiz lozimdir. Vijdon va e'tiqod erkinligi tyla ta'minlangan davlat 
albatta ma'nan yuksalib, xamjixatlashib boraveradi.
Bir so'z bilan aytganda, mustaqillik yillarida O'zbekistonda diniy erkinlik to'la ta'minlandi. Din 
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi esa insonlarning vijdon va e'tiqod 
erkinligi huquqini ta'minlash, xalqimizni ma'nan yuksaltirish va barkamol avlodni tarbiyalashga 
xizmat qilmoqda.
M.Mirjalilov
Qibray tumani bosh imom-xatibi v.v.b.