1   хотира   хотира2
  

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi “O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to'g'risida”gi qarori xalqimizning o'zining buyuk farzandiga cheksiz hurmat va sadoqatining amaliy ifodasi bo'ldi. Qarorga muvofiq, Birinchi Prezidentimiz nomini abadiylashtirish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga aylantirildi, mamlakatimizdagi qator nufuzli muassasalar, Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi ko'chalarga Islom Karimov nomi berildi. Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlarida buyuk Yo'lboshchimizning haykali o'rnatildi.

Bugun, 2 sentyabr kuni, erta tongda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlab, ehson dasturxoni yozildi. Dastlab, Qur'on tilovati qilinib, duoga qo'l ochildi.

Shundan so'ng, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasi faollari ham Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo'yib, hurmat bajo keltirishdi.

Din ishlari bo'yicha qo'mita

Matbuot xizmati