Avval xabar berilganidek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, “O'zbekiston havo yo'llari” Milliy aviakompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari Indoneziyada O'zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimotini o'tkazmoqda.
Kecha 11 iyul kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida “O'zbekistonda ziyorat turizmi: O'zbekiston va Indoneziya sayyohlik tashkilotlarining yuzma-yuz “B2B” biznes muloqoti” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Din ishlari bo'yicha qo'mita hamda O'zbekiston musulmonlari idorasi vakillari ishtirok etgan tadbirda O'zbekiston va Indoneziya turoperatorlaridan iborat amaliy muzokaralar chog'ida O'zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati bo'yicha qator taqdimotlar o'tkazildi. Uchrashuvda indoneziyalik sayyohlarning yurtimizga tashrifini tashkil etish, jumladan “Umra+” dasturi bo'yicha amaliy takliflar muhokama etildi.
Delegatsiyamiz tomonidan amaliy hamkorlik uchrashuvlari davom etmoqda.
 
Matbuot xizmati