Bo‘limning asosiy maqsadi davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtiradi hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishni, respublikada chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy tusdagi mahsulotlarni (matbuot va elektron nashrlarni, audio, video kassetalarni, SD, DVD va boshqa disklarni) ekspertizadan o‘tkazishi tashkil qilish.
Noislomiy diniy tashkilotlar tomonidan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonun va sohaga doir boshqa qarorlarning bajarilishini nazorat qilish;
noislomiy diniy tashkilotlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishida zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamkorlik qiladi va ularning ro‘yxatga olinish jarayonini nazoratini amalga oshiradi;
davlat organlari va muassasalari bilan respublika hududida rasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan noislomiy diniy tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik munosabatlari o‘rnatilishini ta’minlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan noislomiy diniy tashkilot a’zolarining erkin ibodat qilishi, diniy va milliy rasm-rusumlarni ado etishi, muqaddas joylarga ziyoratlar uyushtirish uchun shart-sharoitlar yaratishda hamkorlik qilish.