Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0% ga kattalashtirish



Diniy ta'lim


Diniy ta’lim bo‘limi

Diniy ta’lim bo‘limi Qo‘mita apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Diniy ta’lim bo‘limining (kelgusida - Bo‘lim) faoliyati ustidan nazorat Qo‘mita raisi o‘rinbosari tomonidan olib boriladi. Bo‘lim o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 apreldagi 196-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risida” nizom, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 yanvardagi “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 10-son qaror va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Bo‘limni Qo‘mita raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va ozod qilinadigan bo‘lim boshlig‘i boshqaradi. Bo‘lim boshlig‘i Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi.

Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari

Bo‘limning asosiy maqsadidi diniy ta’lim muassasalari faoliyatini belgilangan tartibda litsenziyalanishi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil qilinishini, litsenziyalar reyestrini yuritishni amalga oshirish.

Bo‘lim:

Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan diniy ta’lim muassasalariga maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish;

Oliy va o‘rta diniy ta’lim muassasalari uchun zarur bo‘lgan darslik, o‘quv uslubiy qo‘llanma hamda ish yuritish hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish;

O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda istiqboldagi diniy xodimlarga bo‘ladigan ehtiyojni o‘rganib, talabalar qabuli bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Qabul qoidalari va yo‘riqnomalariga to‘liq amal qilinishini adolatli o‘tkazilishini nazorat qilish;

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim bo‘limi bilan hamkorlikda o‘qitishning yangi takomillashgan yo‘llari va usullarini qo‘llashni, uning zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqishni tashkil etish;

Diniy ta’lim muassasalarining hududiy va respublikaviy seminarlarini o‘tkazish, talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qilishga uslubiy yordam ko‘rsatish;

Madrasa mudirlari va mudarrislarining malaka oshirish kurslarini hamda attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish;

Madrasa mudarrislari va talabalariga maosh va stipendiyalarni o‘z vaqtida berilishini nazorat qiladi. Iqtidorli, maxsus stipendiga sazovor talabalarni rag‘batlantirishni tashkil etish;

Rus Pravoslav cherkovi diniy seminariyasi o‘quv-tarbiyaviy ishlari va shart-sharoitlarini o‘rganadi va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Har chorakda seminariyada olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot olib turadi.

yosh avlodni tarbiyalash maqsadida diniy bilim yurtlarida turli sport musobaqalari tashkil etishda ko‘maklashish;

Qo‘mita raisining topshirig‘iga asosan boshqa vazifalarni bajaradi.

Bo‘limning huquqlari va javobgarligi

Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:

bo‘limga yuklatilgan vazifalar doirasida qo‘mita nomidan vakillikni ta’minlash va muzokaralar olib borish;

topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘mitaning boshqa bo‘limlari bilan muntazam teng huquqli hamkorlik qilish;

bo‘lim xodimlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning mehnat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, haq to‘lashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, shuningdek bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritish;

qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa huquqlarga ega.

Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:


Diniy ekstremizmga qarshimiz

Davlat dasturlari

Xato (#32)

Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0% ga kattalashtirish