Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0% ga kattalashtirish



Xalqaro aloqalar


Xalqaro aloqalar bo‘limi

Xalqaro aloqalar bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Xalqaro aloqalar bo‘limining (kelgusida - Bo‘lim) faoliyati ustidan nazorat Qo‘mita raisi tomonidan olib boriladi. Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Qo‘mitaning Nizomi, hay’at qarorlari, Qo‘mita raisining buyruqlari hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlarga asosan yuritadi. Bo‘limni Qo‘mita raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va ozod qilinadigan bo‘lim boshlig‘i boshqaradi.

Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari

Bo‘limning asosiy maqsadi xorijiy diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarga doir diniy masalalar bo‘yicha ishlarni olib borish.

Bo‘lim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

xalqaro diniy tashkilotlar haqida ma’lumotlar zahirasini yaratib, rahbariyatga taqdim etadi;

xorijiy din bilan bog‘liq bo‘layotgan hodisa va voqealar haqida tahliliy hujjatlar tayyorlaydi;

respublikaga xorijdan din sohasi bo‘yicha tashrif buyurayotgan mehmonlarning safar dasturlarini tayyorlaydi, hujjatlarini rasmiylashtiradi, ularni kuzatish va respublika bo‘ylab safarda hamroxlik qilish ishlarini amalga oshiradi;

respublika hududidagi xorijiy elchixonalar, vakolatxonalar, tashkilotlar bilan diniy masalalar oid masalalar bo‘yicha muntazam aloqada bo‘ladi.

Qo‘mita xodimlarining xorijiy xizmat safarlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashadi;

Xorijiy mamalakatlarda yashovchi yurtdoshlar bilan o‘rnatilgan tartibda diniy masalalar bo‘yicha ish olib boradi;

Vijdon erkinligi masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va xalqaro huquqiy hujjatlar majmuasini o‘rganadi hamda ma’lumot, axborotlar jamg‘armasini tuzadi, ularni O‘zbekistonda tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

respublika fuqarolarining Umra va Haj safarlarini tashkil qilishda ko‘maklashadi;

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy elchixona, vakolatxona va tashkilotlarning respublikadagi diniy hayot bilan muntazam tanishtirib borish maqsadida press-reliz va axborotnomalar tayyorlaydi va tarqatadi;

Qo‘mita kelib tushgan chet tillardagi xat va ma’lumotlarni tarjima qiladi;

Qo‘mita raisining topshirig‘iga ko‘ra qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa vazifalarni bajaradi.

Bo‘limning huquqlari va javobgarligi

Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:

bo‘limga yuklatilgan vazifalar doirasida qo‘mita nomidan vakillikni ta’minlash va muzokaralar olib borish;

topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘mitaning boshqa tizimlari bilan muntazam teng huquqli hamkorlik qiladi;

bo‘lim xodimlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning mehnat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va ma’muriy jazo bo‘yicha chora ko‘rish yuzasidan takliflar kiritadi;

qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa huquqlarga ega.

Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:

Qo‘mita raisining topshiriqlarini o‘z vakolat doirasida vaqtida bajarish;

qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizom asosida ish yuritish, bo‘limga yuklangan vazifalar va masalalarning ijro etish;

bo‘lim xodimlarining mas’uliyat darajasini lavozimlar yo‘riqnomasida belgilash;

Qo‘mita tomonidan ajratilgan barcha moddiy-texnik va boshqa vositalarni saqlash va samarali ishlatish;

faoliyat va vazifalarni o‘z vakolat doirasida belgilangan muddatda bajarishga majbur.

Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va bo‘limga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.


Diniy ekstremizmga qarshimiz

Davlat dasturlari