Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0% ga kattalashtirish



Diniy tashkilotlar


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida jami 2240 ta diniy tashkilotlar mavjud. Ulardan 2056 ta islomiy, 157 ta xristian tashkilotlari, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy jamoasi, 1 ta Krishna jamiyati va 1 ta Budda ibodatxonasi hamda 1 ta Bibliya jamiyati faoliyat yuritmoqda.


Mazkur diniy tashkilotlar orasida diniy ta’lim muassasalari ham o‘rin olgan. Respublika bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurtlari (madrasa) va Toshkent islom instituti va Mir arab oliy madrasasi, shuningdek, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasining Toshkent pravoslav seminaryasi hamda Toshkent protestant seminariyalari shular jumlasidandir.


Bulardan tashqari, 2018 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Farmoniga muvofiq Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. 
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, respublikamizdan muqaddas qadamjolarga ziyorat qilayotgan fuqarolarimizga ham xizmat ko‘rsatadi. Har yili umra va muqaddas Haj safariga borayotgan ziyoratchilarimizga safar bilan bog‘liq viza hujjatlari, aviachiptalarini rasmiylashtirish, Saudiya Arabistonida joylardagi sharoitlar, mehmonxona va boshqa masalalarda mutasaddi tashkilotlar bilan uyushqoqlikda ishlarni amalga oshiradi. Joriy yilda 10 000 dan ziyod fuqarolarimiz bahorgi mavsumda Umra ziyoratini amalga oshirib kelishga muvaffaq bo‘ldilar. Shuningdek, 7200 nafar fuqarolarimiz haj ibodatini amalga oshirish rejalashtirilgan. 


Bulardan tashqari, yurtimizdan noislomiy tashkilotlar tomonidan ham xristian va yahudiylar uchun muqaddas qadamjolarga ziyoratlar tashkil etiladi. Har yili Toshkent va O‘zbekistn yeparxiyasi tomonidan Isroilning Iyerusalim shahriga, shuningdek, Rossiya va Gretsiya davlatlariga ziyoratlar tashkil etish yaxshi an’anaga aylandi. Joriy yil 6-7 aprel kunlari 130 dan ziyod pravoslav xristianlar Isroilning Iyerusalim shahriga ziyoratga borib kelishdi.


Davlat dasturlari