Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0% ga kattalashtirish



Xalqaro hamkorlik


22.06.2017

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xalqaro hamkorlik doirasida Islom hamkorlik tashkilota, Xaj va umra ishlari vazirli, Islom olami uyushmasi va boshqa ko‘plab tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mustaqillik yillarida qator xalqaro miqyosidagi tadbirlarni ham amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, yurtimizdan har yil bir necha qorilarimiz xalqaro Qur’on musobaqalarida ishtirok etishlari, o‘zbekistonlik nufuzli imomlarning Rossiya davlatiga borib ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari hamda tajriba almashishda ishtirok etishlari, xushovoz va ma’rifatli qorilarimiz Ramazon oyini o‘tkazish maqsadida Rossiya, Ukraina, AQSh kabi davlatlarda musulmonlar bilan taroveh va Ramazon oyida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarni o‘tkazishda ko‘maklashib kelmoqda.

Bulardan tashqari har yili Yurtimiz musulmonlari muborak Haj safariga borib, qulay sharoitlarda ziyorat va ibodatlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Haj delegatsiyasiga rahbarlik qilib, tegishli kelishuv va shartnomalar imzolab kelmoqda. Mazkur ish o‘z samarasini berib, Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish vazirligi e’tirofiga ko‘ra bir necha yillar davomida O‘zbekiston namuna davlatlar qatorida o‘rin egallab kelmoqda. Ta’kidlash joizki joriy yilda yurtdoshlarimizni 7200 nafarini Haj safariga, 2018 yilda esa 10 000 tasini esa Umraga yuborish rejalashtirilmoqda.

 

 Islom hamkorlik tashkilota​

  Xaj va umra ishlari vazirli

 


Diniy ekstremizmga qarshimiz

Davlat dasturlari