Bugun 13 mart kuni respublikamizga Hindistonning Dehli shahar Djama-masjid Shoh-imomi, Naqshbandiya tariqatining namoyandalaridan biri Sayyid Ahmad Buxoriy boshchiligida yuqori darajadagi (9 kishi) delegatsiyaning tashrifi kutilmoqda.

Tashrif davomida delegatsiya Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy hamda turizm sohasida faoliyat ko'rsatuvchi tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari yurtimizda “ziyorat turizmi”ni rivojlantirish bo'yicha hamkorlik aloqalarini o'rnatish masalalari ham ko'riladi.

Shu bilan birga, delegatsiya a'zolari  Toshkent shahri va Andijon, Buxoro, Samarqand hamda Surxondaryo viloyatlaridagi diqqatga sazovor diniy, ta'rixiy qadamjolarni ziyorat qiladilar.

Axborot xizmati