Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Toshkentdagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasiga tashrif buyurdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida tarixiy obidalarni asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimizning boy merosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilmoqda, Sherobod tumanidagi Abu Iso Muhammad Termiziy, Qarshi tumanidagi Abul-Mu’iyn Nasafiy ziyoratgohlari va boshqa qadamjolarda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. 

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Mo‘yi Muborak madrasasida saqlanayotgan Usmon mushafi va boshqa tarixiy-ma’rifiy yodgorliklarni katta qiziqish bilan ko‘rdi. 

STU_1988-.jpg

 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan islom dinini o‘rganish, uning asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlarga yuksak baho berdi. 
 

Abu Bakir O‘rozov, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA