Ma`naviy targ`ibot tadbiri

25 yanvar` kuni “Vatanparvar” tashkiloti Kadrlar qaytatayyorlash va saviyasini oshirish markazida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishga qaratilgan maёnaviy-ma'rifiy targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda qo'mita mas'ul xodimi Z.Sultanov ishtirok etib, diniy ekstremiz va terrorizm asl mohiyati, din niqobi ostida amalga oshirilayotgan qonli to'nashuvlar to'g'risida batafsil so'zlab berdi.
Shunindek, respublika aholisi o'rtasida diniy va milliy bag'rikenglik va totuvlik ruhini mustahkamlash, xalq ma'naviyatini oshirish maqsadida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida alohida to'xtalib o'tdi.
Mazkur tadbirlar aholimiz, xususan, yoshlar qatlamining yot g'oyalarga qarshi mustahkam ma'naviy immunitetini shakllantirishga qaratilayotir.
Tadbir davomida tinglovchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish imkoniga bo'ldilar.