Avval xabar berganimizdek, 10 avgust erta tongdan mehmonxonada ehromlarni kiyib, Umra ibodatini niyat qilgan 451 nafar ziyoratchilarimiz eng zamonaviy avtobuslarda Makka shahriga yetib keldilar.

Makkada ular Haramdan 5000 metr uzoqlikdagi to‘rt yulduzli «Abroj al-Hidoya» mehmonxonasiga joylashib, xordiq chiqargandan so‘ng Haram masjidiga borib Umra ibodatini bajarib kelishdi.

Makka shahrida 24 soat davomida avtobuslar mehmonxna – haram yo‘nalishida ziyoratchilarimizga xizmat ko‘rsatmoqda.

Hozirda ularga 13 ta ishchi guruhi, 5 ta oshpaz va 4 ta shifokor xizmat qilmoqda

Ziyoratchilarimizning kayfiyatlari  ko‘tarinki ruhda, ibodatlarni to‘la to‘kis bajarmoqdalar.

  

Axborot xizmati