Yurtimizda olib borilayotgan ezgu tadbirlar doirasida 7-22 avgust kunlari Namangan xalqaro aeroportidan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatidan muqaddas haj ziyoratini ado etish uchun Madina shahriga kuzatiladigan 3000 nafardan ziyodroq ziyoratchilarni 13 ta reysda kuzatish tadbirlariga shay qilib qo‘yildi, deydi aeroport direktori Shuhratjon Asqarov.

Ziyoratchilar zamonaviy, qulay avtobuslarda uylaridan aeroportga olib kelinadi. Aeroportda ularning hujjatlarini rasmiylashtirish, samolyotga olib chiqish ishlari kuzatuv tadbirlariga jalb qilingan mutasaddi tashkilotlardan tomonidan uyushqoqlik bilan o‘tkaziladi. Ziyoratchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, tekshiruv jarayonlarida ortiqcha kutib qolmasliklari uchun ularning yuklarini joylarda tashkil etilgan kuzatuv markazlarida bojxona va sanitariya epidemiologiya nazoratidan o‘tkazish, aeroportning o‘zida esa so‘nggi jarayonlarni amalga oshirish tajribasi qo‘llanilgan. Barcha ziyoratchilarning yuklari aeroportimizda ularga tashvish bo‘lmaydi. Sababi bu ularning yuklarini tashishda Namangan shahridagi “Hidoya” madrasasining talabalari ko‘maklashadilar.

Aeroport hududida ziyoratchilarning ibodat qilishlari, xordiq olishlari va tamaddi qilib olishlariga barcha sharoit muhayyo. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, aeroport mutasaddilari ziyoratchilarga Namanganimizning azaliy an’analariga xos tarzda xushmuomilalik bilan munosabatda bo‘lishadi.

Barcha hoji ota, hoji onalarimizga Namangan xalqaro aeroporti va mutasaddi tashkilotlar jamoalari nomidan oq yo‘l, osoyishta parvoz tilab, yurtimizga eson omon qaytib kelishlarini tilaymiz!

Axborot xizmati