“Rojdestvo” bayrami munosabati bilan tabrik

Bugun (07.01.2016) pravoslav xrisianlarini “Rojdestvo” bayrami bilan tabriklash maqsadida Rus Pravoslav cherkovining Toshkent va O'zbekiston yeparxiyasiga Din ishlari bo'yicha qo'mita mas'ul xodimlari, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari A.Mansurov hamda O'zbekiston Bibliya jamiyati Bosh direktori X.Ashirovlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Mitropolit Vikentiy qabul qildi.

Bugun kechasi esa respublikaning barcha pravoslav cherkovlarida bayram ibodati tinch, dindorlarning ko'tarinki kayfiyatda o'tganini alohida qayd etish lozim.

Tashrif davomida diniy tashkilot vakillari tomonidan O'zbekistonda tinchlik va osoyishtalik barqarorligi uchun doim duolar qilish, respublikada shu tinchlik yo'lida dini, irqi, jinsi va millatidan qat'iy nazar barcha fuqarolarimiz o'z hissalarini qo'shishlari darkorligi, diniy ekstremizm, missionerlik haraktlariga qarshi kurash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni davom etib borish lozimligi yana bir bor ta'kidlandi.

Uchrashuv do'stona va samimiy ruhda o'tdi.