O'zbekistonda Rim-katolik va Lyuteran xristianlari Rojdestvo bayramini nishonlamoqdalar

Joriy yil 24-25 dekabr` kunlari Respublikamizdagi eski diniy taqvim bo'yicha faoliyat yuritadigan katolik va lyuteran cherkovlarida Rojdestvo bayramiga bag'ishlangan bayram ibodat marosimini o'tkazdilar.
 Bayram ibodatlarida xristian cherkovlari ruhoniylari dindoshlariga murojaat qilib, har bir inson dini, millati, jinsi va yoshidan qat'iy nazar bag'rikenglik, boshqalarga nisbatan mehribonlikni tobora oshirib borishlari darkor ekanligi, bu zamin - O'zbekiston diyoridagi tinchlik va mehr-oqibatlik ruhini mustahkamlashda yanada jipslashish lozimligini ta'kidladilar.
Shuningdek, ma'ruzalarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov boshchiligidagi barcha mutasaddilarga diniy tashkilot va dindorlarga qaratilayotgan samimiy e'tibori uchun minnatdorchilik bildirildi.