O'ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI ULAMOLAR KENGASHI MAJLISI

Dekabr` oyining 23 kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining kengaytirilgan majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda bir qancha muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov diniy idora tomonidan 2015 yil – “Keksalarni e'zozlash yili”da qilingan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Shuningdek, yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining mas`ul xodimi, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi O.Yusupov, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari A.Mansurov diniy soha xodimlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, diniy idorasi faoliyatini takomillashtirish, ulamolar va imom-xatiblar oldida turgan vazifalar haqida nutq so'zladi, fikr-mulohazalar bildirdilar.
Hadisi sharifda tinchlik-xotirjamlik eng ulug' ne'mat ekanligi aytilgan.  Zero, tinchlik qaror topgan yurtdagina osudalik hukm suradi, reja qilingan ishlar, oldimizga qo'yilgan vazifalar amalga oshadi. 
Ulamolarimizning, diniy soha vakillarining, imom-xatiblarning ijtimoiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, muqaddas dinimizning sofligini asrashga qaratilgan barcha xatti-harakatlari e'tirof etildi, kelgusi yilda qilinajak ishlar belgilab olindi.