Joriy yilning 8-9 iyun kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida yakuniga yetgan ShHT sammitining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida sammit ishtirokchilari e’tiborini Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash zarurligiga qaratib, u yerda sodir etilayotgan davomli teraktlar dunyoning barcha mamlakatlari uchun xavf solayotganini alohida ta’kidladi. Ushbu tahdidlarga hamkorlikda, jahon hamjamiyati harakatlarini birlashtirgan holda qarshi kurashish zarurligini qayd etdi.
 
Yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida davlatlararo hamkorlikning ahamiyati katta.
 
“Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkiloti ko‘magida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.