HAR ISHDA HAMJIHATLIK MUHIM

2015 yilning ikkinchi o'n kunligida Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida “Ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirish va diniy aqidaparastlikning oldini olish” mavzusiga bag'ishlangan turkum yig'ilish va uchrashuvlar bo'lib o'tdi. 

Ularda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi O.Yusupov va O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov qatnashib, “Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo'nalishlari” va “Islom tinchlik dini. Tinchlikni asrash va targ'ib qilish – dolzarb vazifa” kabi mavzularda ma'ruzalar qilishdi. 
Uchrashuvlarda tinchlikni asrab-avaylash, hushyorlikni yanada oshirish, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga, ularning turli yot oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish mas'uliyati va bu borada bajariladigan har bir ishni hamjihatlikda amalga oshirish ko'zlangan natijalar berishi ta'kidlandi.