Tinchlikni asrash - davr talabi

Joriy yil 10-11 dekabr` kunlari Buxoro viloyatida “Tinchlikni asrash - davr talabi” mavzusida viloyat tashkilot va idoralarning vakillari bilan yig'ilishlar hamda davra suhbatlari tashkil etildi. Uchrashuvlarda Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi O.Yusupov hamda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov ma'ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Jumladan, Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Jondor, Kogon, Olot, Romitan, Peshku, Qorako'l va Qorovulbozor tumanlari mutasaddi tashkilot rahbar xodimlari, jamoat tashkilotlari vakillari hamda imom-xatiblar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Mazkur yig'ilishda “Mamlakatimizda diniy ekstremizm va halqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo'nalishlari”, “Islom - tinchlik dini”, “Tinchlikni asrash va targ'ib qilish dolzarb vazifa” mavzularida ma'ruzalar qilindi.
Ularda O'zbekistonning xalqaro miqyosda erishayotgan yutuqlari, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy sohalarda, shuningdek, aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu bilan birga, dunyoda ro'y berayotgan voqea va hodisalarning mintaqadagi davlatlar va mamlakatimizga ta'siri, yoshlar ongini egallashga qaratilgan ma'naviy tahdidlar, jumladan, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, missionerlik va “ommaviy madaniyat” kabi illatlar tarqalishining salbiy oqibatlari, bu borada ta'lim sohasi, yoshlar masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkilot va idoralar, ma'naviyat targ'ibotchilari, mahalla va jamoatchilik vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalar borasida so'z yuritildi.