Ko'rinish

A
A
A

Shrift o'lchami

0% ga kattalashtirish



Qo`mita yangiliklari


Hukumatning 2018 yil 31 maydagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Click kompaniyasi bilan hamkorlikda musulmonlar uchun farz bo‘lgan va boshqa xayriya to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish imkonini taqdim qiladi. Bu haqda Muslim.uz’ga fond matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 31 may kuni yurtimizdan dastlabki ziyoratchilar guruhi muborak Umra ziyoratiga yo‘l olgan edilar. Ular “Masjidi Nabaviy”dan 100-150 metr masofada joylashgan “Maasa al-Buston” mehmonxonasiga joylashdilar.

Ziyoratchilarimiz Madina shahrida
  • 01.06.2018
  •  
  •  Ko'rishlar: 
  •  404

Joriy yilning 31 may kuni Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyati ziyoratchilari Madina shahriga sog‘-salomat yetib keldilar. Ularga 1 ta shifokor va 4 ta ishchi guruhi hamrohlik qildilar.

Bugun 31 may kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 209 nafardan iborat dastlabki guruhi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining zamonaviy avialaynerida Saudiya Arabistoni Podshohligiga umra amallarini bajarish uchun uchib ketdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha tashkil etilgan «Vaqf» xayriya jamoat fondiga «Payme» to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari hamda ilmiy maktablarda 2018 yilning 10 iyunidan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” bo‘yicha pullik o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshlaydi.


Davlat dasturlari