Xayrli ishlarning mohiyatini yetkazish yo‘lida
 

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov va Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov Namangan viloyatining bir necha tumanlarida bo‘lib, diniy soha xodimlari, jamoatchilik vakillari va aholi o‘rtasida muloqotlar o‘tkazishmoqda.
Uchrashuvlarda notiqlar muhtaram Prezidentimiz rahbarliklari va bevosita tashabbuslari bilan Islom dinining tinchlik, insonparvarlik va olijanob g‘oyalarini jahon hamjamiyatiga yetkazish va dinimizning ezgu ta’limotlaridan yurtdoshlarimizni bahramand etish borasida qilinayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritishmoqda.
Shuningdek, uchrashuvlarda mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ulug‘ mutafakkirlarimiz, yurtimizdan yetishib chiqqan olimlar, ulamolar, ziyolilarning xotirasini tiklash, ma’naviy meroslarini o‘rganish va ularning hoki poki qo‘nim topgan joylarni obod maskanlarga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar qilinayotganiga alohida urg‘u berilmoqda.
Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hurmatlariga sazovor bo‘lgan, aziz avliyo Sulton Uvays Qaroniyning Namangan viloyati Chortoq tumanidagi ziyoratgohida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari barcha mo‘min-musulmonlarimiz tomonidan xursandchilik bilan kutib olinayotgani muloqotlarda qayd etilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati