Viloyatimiz   markazi  Urganch   shaxrida “ Oxun  bobo” jome  masjidi  o‘tgan  asrda   qurilgan  bo‘lib, vaqt  o‘tishi  bilan zamon talablariga   mutlaqo   javob bermaydigan  ahvolga  kelib   qolgandi.  So‘ngi  yillarda  Urganch shaxrining arxitektura, shaharsozlik jixatdan tamomila  qaytadan qurilayotgani  jome  masjidini  xam  yangicha, zamonaviy   tarzda  bunyod  etishni  talab  qilardi.

2017-yilning 28-yanvar  kuni  viloyatimizga amaliy  tashriflari  davomida  muxtaram  Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyev “Oxun  bobo”  masjidi  qurilishining birinchi  tamal  toshini shaxsan o‘zlari  qo‘yib, masjidning  ko‘rkam, barcha  talab-extiyojlarga javob berishini  ko‘zlab, fikr-muloxazalarini bildirgan edilar.

Deyarli bir yil muqaddam boshlangan xayrli  ish nixoyasiga yetmokda. Umumiy  maydoni uch  yarim  gektarni  egallagan  masjid majmuasida namozxonlar uchun  zarur bo‘lgan barcha  shart – sharoitlar yaratishni ko‘zda tutib, uch yarim  ming kishiga  mo‘ljallangan yozgi  ayvon, qabulxona, avtoturargox, tashqi manzaralari  yashil  maydonlar  tashkil  kilinyapti.

Masjid chorburchak shaklida  bo‘lib, uning  qishki  namozxonasi tepasida  mahobatli  gumbaz  qad  rostladi. Masjid yonida   balandligi qirq besh  metr bo‘lgan  minora  xam  bor.

E’tiborlisi, mazkur   masjid  mamlakatimizdagi   ana shunday  eng yirik  masjidlardan birisi  bo‘lib,  me’moriy tuzilishi  jixatdan o‘xshashi  yo‘kdir.

Yilning  to‘rt  faslida – qish sovug‘i, yoz  jaziramasida  bunyodkorlar  bir zum  qurulish  jarayonini  to‘xtatishgani yo‘k.  Saxiyqalb insonlar, saxovatli  tadbirkorlar  muruvvatlarini ayamaganlaridan   qurilish jarayonida  biror  marta  qurilish ashyolari bo‘yicha  muammo  yuzaga kelgani   yuk.  Mukaddas Hadisi  sharifda: “ Kim  Allox yo‘lida masjid  uchun bitta g‘isht  ko‘ysa,  Alloh  u uchun jannatda bitta  kasr barpo  kiladi ” deyilgan.  Bunga  amal  kilgan eldoshlarimizning  saxovatlariga  ming  karra minnatdorlik  aytsak oz.

 “Oxun  bobo ”  masjidi  Ramazon  xayiti  kuni foydalanishga topshiriladi. Xozirda  masjid  binosida  so‘ngi  tamirlash, bezash  ishlari  amalga oshirilmokda.

Yurboshimizning  ichki  va tashki  turizmni  yanada  rivojlantirish  borasidagi tarixiy farmon  va  qarorlari  amaliyoti  qadim  voxaga  oldingi yillardan ikki-uch hissa ko‘proq sayyoxlar kelishiga zamin yaratdi. Xorijlik sayyoxlar hamda  mamlakatimizning  boshka  viloyatlaridan  tashrif buyuradigan  yurtoshlarimiz  xududdagi  eng  yirik , eng ko‘rkam  masjid  hamda   majmuani ham  ziyorat kilishlari  mumkin  bo‘ladi.

Bir  so‘z  bilan  aytganda “Oxun  bobo” masjidi  istiklol yillarida  tamomila  yashargan,  ko‘zni  quvontiradigan darajada  obod, chiroyli bo‘lgan Urganch shahrimizning ko‘rkiga-tomosha va ziyorat qiladigan maskaniga aylanishi shubhasiz.

Ushbu masjid binosi va majmuasida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha quruvchilar, shu hayrli ishga ulushlarini qo‘shgan barcha eldoshlarimizga Allohning rahmati doimo yog‘ilib tursin, deymiz.

Xasanboy Kenjayev

Urganch shahar “Oxun bobo” masjidi imom-hatibi