Joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Don inspeksiyasining majlislar zalida tashkilot xodimlari bilan “Ommaviy madaniyat” mavzusida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi B.Daminov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbirda bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi isloxotlar, yoshlar tarbisiyaga e’tiborli bo‘lish, inson qalbi uchun kurashning turli ko‘rinishlari, dunyoda bo‘layotgan voqealar, internetdan foydalanish madaniyati, axborot xurujlari, internet o‘yinlari, Ommaviy madaniyat, uning turlari va zararli oqibatlari, undan ko‘zlangan asl maqsadlar, geosiyosiy kuchlar va ular tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda shu kabi ma’lumotlar mavzuga doir slaydlardan foydalanilgan holda tushuntirib berildi.

Axborot xizmati