“Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumani
Joriy yilning 25 noyabr` kuni O'zbekiston musulmonlari idorasida “Millatlararo totuvlik va diniy 
bag'rikenglik” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.
 Anjuman O'zbekiston   Respublikasi    Vazirlar    Mahkamasining    2015  yil  17 fevraldagi 17-sonli 
bayoni bilan tasdiqlangan “2015 yilda diniy vaziyatni yanada sog'lomlashtirish, konfessiyalar va 
millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar” Dasturi ijrosini ta'minlash, 
respublikada faoliyat ko'rsatayotgan diniy ta'lim muassasalari talabalarining o'zaro hamkorligini 
yanada mustahkamlashda maqsadida 16 noyabr` “Xalqaro bag'rikenglik kuni”ga bag'ishlab Din ishlari bo'yicha 
qo'mita hamda O'zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida tashkil etildi.
Anjumanda Toshkent islom instituti, “Ko'kaldosh” va “Xadichai Kubro” o'rta maxsus islom bilim 
yurtlari, Toshkent islom universiteti, Toshkent pravoslav va Toshkent protestant seminariyalari 
talaba va o'qituvchilari ishtirok etdilar.
Anjuman dasturida belgilangan besh yo'nalishdagi mavzular doirasida talabalar tomonidan 
“Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik – tinchlik va osoyishtalik garovi”, “Rol` kul`turi 
tolerantnosti v mejdunarodnix svyazax i otnoshenie islamskoy morali k yeyo aspektam”, “O vospitanii 
molodeji v duxe tolerantnosti”, “O'zbekistonda diniy bag'rikenglik ildizlari” “Diniy ekstremistik 
tashkilotlar tomonidan diniy bag'rikenglik tamoyillarining buzilishi” kabi mavzularda ma'ruzalar 
qilindi.
 Ishtirokchilar tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilayotgan mazkur anjuman diniy ta'lim muassasalari 
o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talabalarning dinshunoslik sohasidagi 
bilimlarini oshirish, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlovchi va keng dunyoqarashga ega bo'lgan 
vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, diniy estremizm va xalqaro terrorizm, millatchilik kabi tahdidlarga 
qarshi yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.